B01 Forensic AI
v3.0.0-beta1 · beta

O'zbek tilidagi raqamli
forensika vositasi

E01 va RAW disk obrazlari, NTFS fayl tizimi, o'chirilgan fayllar, Windows artefaktlari, xotira va tarmoq tahlili — bitta dasturda. Internetsiz ishlaydi. Dalil kompyuteringizdan chiqmaydi.

Windows uchun yuklab olish 48 buyruqni ko'rish
B01> open C:\Case\disk.E01
  [OK] E01 ochildi: 500 GB · NTFS · 2 bo'lim
  SHA-256 (image): a3f2c91e...

B01> eventlog security
  2026-03-14 08:12:03  4624  Admin    Type 10 (RDP)  192.168.1.77
  2026-03-14 02:41:55  4625  Admin    Type 3         85.12.44.9
  2026-03-13 23:07:11  4720  yangi hisob yaratildi: svc_backup

B01> undelete -s .docx
  [OK] 14 o'chirilgan fayl topildi
  inode:62338  shartnoma_oxirgi.docx   248 KB  2026-03-12 19:44

Nega B01

Forensika vositasida asosiy savol "nima qila oladi" emas, balki "topilmasini sudda himoya qila olasizmi".

arxitektura

Dalil o'zgarmaydi

Skript va AI dalil faylining tutqichini olmaydi — ular alohida jarayonda ishlaydi va yozish imkoniyati yo'q. Bu da'vo emas: 37 ta test faylidagi 638 test shuni qo'riqlaydi.

jurnal

Har bir qadam qayd etiladi

Hash-zanjirli jurnal: har yozuv oldingisining SHA-256 iga bog'langan. Bitta yozuv o'zgarsa, zanjir uziladi va verify buni ko'rsatadi.

AI

AI yordamchi — chegarasi bilan

Tahlil qiladi, kod yozadi, qidiradi. Lekin dalil OLMAYDI va dalilga yozmaydi. Nega aynan shunday — "Sud uchun" bo'limida.

maxfiylik

Internetsiz

Server yo'q, telemetriya yo'q, hisob yaratish yo'q. Onlayn qidiruv (WHOIS, VirusTotal) standart holatda o'chirilgan va faqat siz yoqasiz — AI o'zi yoqa olmaydi.

48buyruq
152nom (alias bilan)
638test
0server

Imkoniyatlar

Ekspert vazifasi bo'yicha guruhlangan — funksiya nomi bo'yicha emas. Har birining batafsil tavsifi alohida sahifada: aniq nima chiqishi, qaysi maydonlar bilan.

Bo'limNima borBuyruqlar
Dalil olish E01 (haqiqiy EWF), RAW, papka rejimi. Write-blocker va boot-disk tekshiruvi, MD5/SHA-1/SHA-256, bad-sector, case.json vakolat zanjiri. image
Fayl tizimi NTFS, MFT, alternativ oqimlar (ADS), slack, o'chirilgan yozuvlar, inode:N adreslash. ls, tree, info
Windows artefaktlari Registry (SAM, SYSTEM, SOFTWARE, NTUSER), Event Log, Prefetch, LNK, Jumplist, Shellbags, Thumbcache, AnyDesk, brauzerlar (Chrome, Edge, Firefox). registry, eventlog, browser
Xotira forensikasi Jarayonlar zanjiri, buyruq satrlari, konsol tarixi, RWX sohalar va shellcode imzolari. pslist, malfind
Tarmoq PCAP/PCAPNG: HTTP so'rovlari, TCP oqimlari, oqim mazmunini kuzatish va fayl ajratib olish. pcap
Vaqt chizig'i Super-timeline: MFT vaqtlari + Event Log + Registry + USB + o'chirilgan fayllar + xotira jarayonlari. Hammasi UTC. timeline
Dalil haqiqiyligi Image butunligi va vakolat zanjiri; rasm/videoda sun'iy intellekt va tahrir izlari, C2PA / Content Credentials. verify, mediacheck
AI va MCP Dastur ichida agent (14 vosita) va MCP orqali tashqi model (19 vosita). Har qadam jurnalga tushadi. —
Skript muhiti Dastur ichida Python: b01.* API, tekshirilgan skriptlar kutubxonasi (5 ta), har ishga tushirish hash bilan qayd etiladi. script
Hisobot Har topilma fayl yo'li, offset, hash va usuli bilan — boshqa ekspert qayta ijro etadi. export_report

Bu qisqa ro'yxat. Har bir bo'lim aniq nimani chiqarishi — qaysi maydonlar, qaysi vaqtlar, qanday ko'rsatkichlar — batafsil yozilgan, va u ro'yxat dastur kodidan tekshiriladi.

Batafsil imkoniyatlar →

Buyruqlar qanday ishlatiladi

Terminal dastur ichida. Dalilni bir marta ochasiz, keyin barcha buyruq shu dalil ustida ishlaydi. Yo'llar dalil ichidagi yo'llar: /Users/Admin/Desktop/x.bin, o'chirilgan fayl esa inode:62338.

1. Dalilni ochish

open C:\Case\disk.E01
open C:\Case\triage_papka
openmem C:\Case\memory.raw

2. Nima borligini ko'rish

ls /Users
tree /Users/Admin 2
info /Users/Admin/Desktop/x.docx

3. Qidirish

find *.docx
grep "parol|password" /xampp
search telegram

4. Yordam olish

help
help registry
registry

Buyruqni argumentsiz yozsangiz, o'zi qo'llanishini ko'rsatadi.

Buyruqlar ro'yxati to'liq va qidiruvli. 48 buyruq, 152 nom, 11 kategoriya — har birida sintaksis, opsiyalar va haqiqiy misollar.

Buyruqlar ma'lumotnomasi →

Sud uchun

Forensika vositasida asosiy savol "nima qila oladi" emas, balki topilmasini sudda himoya qila olasizmi. Bunga alohida sahifa ajratilgan: vakolat zanjiri, hash-zanjirli jurnal, qayta ijro etish, sun'iy intellekt chegarasi va deepfake savoli.

Dalil o'zgarmaydi

Skript va AI dalil faylining tutqichini olmaydi; open(), os, socket ishga tushishdan oldin rad etiladi. Sozlama emas — arxitektura.

Har bir topilma qayta ijro etiladi

Topilma ortida nomi va SHA-256 i bor kod turadi: "AI shunday dedi" emas, "mana kod, o'zingiz ishga tushiring".

AI dalil olmaydi

Imaging — qaytarib bo'lmaydigan yagona qadam, va uni kim bajarganini sud so'raydi. Modelni guvoh sifatida so'roq qilib bo'lmaydi, shuning uchun bu qadam ekspertda qoladi.

Deepfake: ehtimollik berilmaydi

Ishonchli detektor mavjud emas, "87% soxta" esa sudda zararli. Uning o'rniga faylning o'zi nimani e'lon qilgani: C2PA, IPTC belgisi, generator metama'lumoti.

Sud uchun sahifasi →

Yuklab olish

Windows 10/11 · 64-bit · o'rnatish talab qilmaydi · bepul

B01_Forensic_AI_v3.0.0-beta1_win64.zip

108 MB · v3.0.0-beta1 (beta) · reliz sahifasi · xato va savollar: Telegram @B01_uz

6AADE795F8E9D5044B26750133EC8C8B224A0C79DD7C6C6A76776EBAA436CB9A

Yuklangan faylni tekshirish

Forensika vositasining o'zi ham tekshirilishi kerak. Har nashr uchun SHA-256 shu sahifada e'lon qilinadi — yuklab olgandan keyin solishtirib ko'ring:

Get-FileHash .\B01_Forensic_AI_v3.0.0-beta1_win64.zip -Algorithm SHA256

Windows ogohlantirsa

Dastur imzolanmagan (sertifikat pullik), shuning uchun birinchi ishga tushirishda Windows "Windows protected your PC" oynasini ko'rsatishi mumkin. Hash mos kelgan bo'lsa: "More info" ("Подробнее") → "Run anyway" ("Выполнить в любом случае"). Imzo olingach, bu eslatma olib tashlanadi. Batafsil: o'rnatish qo'llanmasi.