E01 va RAW disk obrazlari, NTFS fayl tizimi, o'chirilgan fayllar, Windows artefaktlari, xotira va tarmoq tahlili — bitta dasturda. Internetsiz ishlaydi. Dalil kompyuteringizdan chiqmaydi.
B01> open C:\Case\disk.E01 [OK] E01 ochildi: 500 GB · NTFS · 2 bo'lim SHA-256 (image): a3f2c91e... B01> eventlog security 2026-03-14 08:12:03 4624 Admin Type 10 (RDP) 192.168.1.77 2026-03-14 02:41:55 4625 Admin Type 3 85.12.44.9 2026-03-13 23:07:11 4720 yangi hisob yaratildi: svc_backup B01> undelete -s .docx [OK] 14 o'chirilgan fayl topildi inode:62338 shartnoma_oxirgi.docx 248 KB 2026-03-12 19:44
Forensika vositasida asosiy savol "nima qila oladi" emas, balki "topilmasini sudda himoya qila olasizmi".
Skript va AI dalil faylining tutqichini olmaydi — ular alohida jarayonda ishlaydi va yozish imkoniyati yo'q. Bu da'vo emas: 37 ta test faylidagi 638 test shuni qo'riqlaydi.
Hash-zanjirli jurnal: har yozuv oldingisining SHA-256 iga
bog'langan. Bitta yozuv o'zgarsa, zanjir uziladi va
verify buni ko'rsatadi.
Tahlil qiladi, kod yozadi, qidiradi. Lekin dalil OLMAYDI va dalilga yozmaydi. Nega aynan shunday — "Sud uchun" bo'limida.
Server yo'q, telemetriya yo'q, hisob yaratish yo'q. Onlayn qidiruv (WHOIS, VirusTotal) standart holatda o'chirilgan va faqat siz yoqasiz — AI o'zi yoqa olmaydi.
Ekspert vazifasi bo'yicha guruhlangan — funksiya nomi bo'yicha emas. Har birining batafsil tavsifi alohida sahifada: aniq nima chiqishi, qaysi maydonlar bilan.
| Bo'lim | Nima bor | Buyruqlar |
|---|---|---|
| Dalil olish | E01 (haqiqiy EWF), RAW, papka rejimi. Write-blocker va
boot-disk tekshiruvi, MD5/SHA-1/SHA-256, bad-sector,
case.json vakolat zanjiri. |
image |
| Fayl tizimi | NTFS, MFT, alternativ oqimlar (ADS), slack, o'chirilgan
yozuvlar, inode:N adreslash. |
ls, tree, info |
| Windows artefaktlari | Registry (SAM, SYSTEM, SOFTWARE, NTUSER), Event Log, Prefetch, LNK, Jumplist, Shellbags, Thumbcache, AnyDesk, brauzerlar (Chrome, Edge, Firefox). | registry, eventlog, browser |
| Xotira forensikasi | Jarayonlar zanjiri, buyruq satrlari, konsol tarixi, RWX sohalar va shellcode imzolari. | pslist, malfind |
| Tarmoq | PCAP/PCAPNG: HTTP so'rovlari, TCP oqimlari, oqim mazmunini kuzatish va fayl ajratib olish. | pcap |
| Vaqt chizig'i | Super-timeline: MFT vaqtlari + Event Log + Registry + USB + o'chirilgan fayllar + xotira jarayonlari. Hammasi UTC. | timeline |
| Dalil haqiqiyligi | Image butunligi va vakolat zanjiri; rasm/videoda sun'iy intellekt va tahrir izlari, C2PA / Content Credentials. | verify, mediacheck |
| AI va MCP | Dastur ichida agent (14 vosita) va MCP orqali tashqi model (19 vosita). Har qadam jurnalga tushadi. | — |
| Skript muhiti | Dastur ichida Python: b01.* API,
tekshirilgan skriptlar kutubxonasi
(5 ta), har ishga
tushirish hash bilan qayd etiladi. |
script |
| Hisobot | Har topilma fayl yo'li, offset, hash va usuli bilan — boshqa ekspert qayta ijro etadi. | export_report |
Bu qisqa ro'yxat. Har bir bo'lim aniq nimani chiqarishi — qaysi maydonlar, qaysi vaqtlar, qanday ko'rsatkichlar — batafsil yozilgan, va u ro'yxat dastur kodidan tekshiriladi.
Terminal dastur ichida. Dalilni bir marta ochasiz, keyin barcha
buyruq shu dalil ustida ishlaydi. Yo'llar dalil ichidagi yo'llar:
/Users/Admin/Desktop/x.bin, o'chirilgan
fayl esa inode:62338.
open C:\Case\disk.E01 open C:\Case\triage_papka openmem C:\Case\memory.raw
ls /Users tree /Users/Admin 2 info /Users/Admin/Desktop/x.docx
find *.docx grep "parol|password" /xampp search telegram
help help registry registry
Buyruqni argumentsiz yozsangiz, o'zi qo'llanishini ko'rsatadi.
Buyruqlar ro'yxati to'liq va qidiruvli. 48 buyruq, 152 nom, 11 kategoriya — har birida sintaksis, opsiyalar va haqiqiy misollar.
Forensika vositasida asosiy savol "nima qila oladi" emas, balki topilmasini sudda himoya qila olasizmi. Bunga alohida sahifa ajratilgan: vakolat zanjiri, hash-zanjirli jurnal, qayta ijro etish, sun'iy intellekt chegarasi va deepfake savoli.
Skript va AI dalil faylining tutqichini olmaydi;
open(),
os,
socket ishga tushishdan oldin rad
etiladi. Sozlama emas — arxitektura.
Topilma ortida nomi va SHA-256 i bor kod turadi: "AI shunday dedi" emas, "mana kod, o'zingiz ishga tushiring".
Imaging — qaytarib bo'lmaydigan yagona qadam, va uni kim bajarganini sud so'raydi. Modelni guvoh sifatida so'roq qilib bo'lmaydi, shuning uchun bu qadam ekspertda qoladi.
Ishonchli detektor mavjud emas, "87% soxta" esa sudda zararli. Uning o'rniga faylning o'zi nimani e'lon qilgani: C2PA, IPTC belgisi, generator metama'lumoti.
Windows 10/11 · 64-bit · o'rnatish talab qilmaydi · bepul
B01_Forensic_AI_v3.0.0-beta1_win64.zip
108 MB · v3.0.0-beta1 (beta) · reliz sahifasi · xato va savollar: Telegram @B01_uz
6AADE795F8E9D5044B26750133EC8C8B224A0C79DD7C6C6A76776EBAA436CB9A
Forensika vositasining o'zi ham tekshirilishi kerak. Har nashr uchun SHA-256 shu sahifada e'lon qilinadi — yuklab olgandan keyin solishtirib ko'ring:
Get-FileHash .\B01_Forensic_AI_v3.0.0-beta1_win64.zip -Algorithm SHA256
Dastur imzolanmagan (sertifikat pullik), shuning uchun birinchi ishga tushirishda Windows "Windows protected your PC" oynasini ko'rsatishi mumkin. Hash mos kelgan bo'lsa: "More info" ("Подробнее") → "Run anyway" ("Выполнить в любом случае"). Imzo olingach, bu eslatma olib tashlanadi. Batafsil: o'rnatish qo'llanmasi.